Bugun 29 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

“Siti” iqtidorli o‘yinchisidan voz kechadigan bo‘ldi

“Siti” iqtidorli o‘yinchisidan voz kechadigan bo‘ldi

"Manchester Siti" vingeri Oskar Bobb jamoaga Antuan Semenyo kelsa, klubni tark etishi mumkin.

"Bornmut"ning 25 yoshli ganalik futbolchisi yanvar oyida "shaharliklar" safiga qo‘shilishi ehtimoli yuqori. talkSPORT xabariga ko‘ra, bunday holatda "Siti" shundoq ham asosiy tarkibda kam maydonga tushayotgan Bobbning ketishini ma’qullaydi. 22 yoshli norvegiyalik futbolchini Premyer-liganing yana ikki vakili - "Kristal Pelas" va "Fulxem" nishonga olgan.

Transfermarkt ekspertlari talqiniga ko‘ra, Oskar Bobbning narxi 25 mln yevroni tashkil etadi. Futbolchi joriy mavsumda Xosep Gvardiola jamoasi safida 15 ta o‘yinda bitta samarali uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: Bugun 11:05. O'qildi: 409 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!