Bugun 2 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

"NATO Ho‘rmuz bo‘g‘ozi masalasida AQShga yordam berishga majbur emas"

"NATO Ho‘rmuz bo‘g‘ozi masalasida AQShga yordam berishga majbur emas"

Fransiya Mudofaa vazirligi NATO Ho‘rmuz bo‘g‘ozi masalasida AQShga yordam berishga majbur emasligini bildirdi.

"NATO Yevroatlantika xavfsizligi uchun mas’ul bo‘lgan harbiy ittifoq ekanini eslatib o‘tmoqchiman. Va u xalqaro huquqqa mos kelmaydigan Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi kuch operasiyasi uchun mo‘ljallanmagan," - dedi Fransiya Mudofaa vazirligi huzuridagi vazir-delegat Alis Ryufo Le Point jurnali tomonidan tashkil etilgan "Urush va tinchlik" konferensiyasida.

Fransiya Mudofaa kuchlar vazirligi vakili Alis Ryufo NATO ittifoqchilari Qo‘shma Shtatlarning Eronga qarshi harbiy amaliyotini qo‘llab-quvvatlashni rad etganidan Vashingtonning noroziligini tushunishini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali kemalar harakatini tiklash bo‘yicha ishlash tarafdori, ammo bu hujumkor tarzda bo‘lmasligi kerak.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp The Daily Telegraph nashriga bergan intervyusida alyans Vashingtonni Eronga qarshi operasiyada qo‘llab-quvvatlamaganidan keyin AQShning NATOdan chiqishi imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgandi. Trampning ishonchi komilki, NATO davlatlari bu mojaroga avtomatik ravishda qo‘shilishi kerak edi.

Kiritildi: Bugun 13:11. O'qildi: 726 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!