Bugun 2 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Trampga Erondagi yarim tonna uranni qo‘lga kiritish rejasi topshirildi

Trampga Erondagi yarim tonna uranni qo‘lga kiritish rejasi topshirildi

AQSh prezidenti harbiylardan tegishli rejani qabul qilib oldi, deb xabar bermoqda The Washington Post o‘z manbalariga tayanib.

Harbiylar tomonidan tayyorlangan murakkab reja Eronga ekskavatorlarni yetkazib berish va radioaktiv materiallarni olib chiqib ketadigan yuk samolyotlari uchun uchish-qo‘nish yo‘lagini qurishni ko‘zda tutadi.

Ekspertlarning fikricha, bu nihoyatda murakkab vazifa, avvalroq urush davrida bunga o‘xshash amaliyot o‘tkazilmagan.

"Bu tarixdagi eng yirik va murakkab maxsus amaliyotlardan biri, balki eng yirigi bo‘ladi. Bu qo‘shinlar uchun jiddiy xavf tug‘diradi", — dedi AQSh mudofaa vazirining sobiq yordamchisi o‘rinbosari Mik Malroy.

Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt Pentagonning vazifasi "tayyorgarlik ko‘rish va bosh qo‘mondonga harakat qilish uchun maksimal erkinlik berish" ekanini aytdi. "Bu prezident qaror qabul qilganini anglatmaydi", — deya qo‘shimcha qildi u.

Kiritildi: Bugun 12:19. O'qildi: 648 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!