1 aprel kuni Tramp tug‘ilish orqali fuqarolik olish huquqini cheklash to‘g‘risidagi farmonining qonuniyligi bo‘yicha o‘tkazilgan tinglovda ishtirok etdi. U Oq uyga qaytgan ilk kunida imzolagan ushbu hujjatni o‘zining qat’iy migrasiya siyosatidagi asosiy qadam deb hisoblaydi.
Tramp Oliy sud binosiga Oq uydan maxsus kortej bilan kelib, zalning ommaviy qismidagi birinchi qatordan joy oldi. Sud majlisi an’anaviy "Oyez! Oyez! Oyez!" («Eshiting! Eshiting! Eshiting!») hayqirig‘i bilan boshlanganda, u ham boshqalar qatori o‘rnidan turdi. Oliy sud raisi Jon Roberts prezidentning tashrifiga alohida to‘xtalmadi.
Kapitoliy tepaligidagi Oliy sud bino oldida Trampga qarshi namoyishchilar to‘plangan, zal ichida esa xavfsizlik choralari odatdagidan sezilarli darajada kuchaytirilgan.
Eslatib o‘tamiz, quyi bosqich sudi Trampning ushbu farmonini bloklab qo‘ygan edi. Mazkur hujjat federal organlarga Qo‘shma Shtatlar hududida tug‘ilgan, ammo ota-onasidan hech biri AQSh fuqarosi yoki "grin-karta" egasi bo‘lmagan bolalarga fuqarolik berishni taqiqlaydi.