“Manchester Siti” klubi va Angliya milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Joi Barton yana mojaro markazida qoldi.
The Guardian nashri xabar berishicha, Barton bir kishini kaltaklagani uchun polisiya tomonidan qo‘lga olingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Liverpul shahridagi golf klublaridan biri yaqinida sodir bo‘lgan.
Tergov versiyasiga ko‘ra, Barton va yana bir gumonlanuvchi bir kishini urib ketgan. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan. Unda yuz va qovurg‘alarining og‘ir jarohatlari aniqlangan.
Bu Barton ishtirok etgan birinchi janjal emas. 2008 yilda u bir kishiga hujum qilgani uchun qamoq jazosini o‘tagan edi.
Uch oy oldin esa internetdagi haqoratli bayonotlari sababli olti oylik shartli jazoga hukm qilingan.
Futbolchilik faoliyati davomida Barton “Byornli”, “Manchester Siti” va “Nyukasl” kabi klublarda o‘ynagan. Shuningdek, u Fransiyaning “Marsel” va Shotlandiyaning “Reynjers” klublari safida ham to‘p surgan.