Fuqarolar hamda oliy ta’lim muassasalarining murojaatlari inobatga olinib, ikkinchi oliy ta’lim bo‘yicha 2020/2021 o‘quv yili qabuli uchun belgilangan ta’lim yo‘nalishlari RO‘YXATI KENGAYTIRILGAN, mos ravishda, qabul ko‘rsatkichlari OSHIRILGAN.
Eslatib o‘tamiz:
👉 Ikkinchi oliy ta’limga qabul uchun arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish ikkinchitalim.edu.uz — veb-platformasi orqali onlayn amalga oshirilmoqda.
👉 2020/2021 o‘quv yiliga respublika oliy ta’lim muassasalariga ikkinchi oliy ta’limni olish uchun abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tish muddati 2020 yil 31 avgustgacha (31 avgust kuni ham).
👉 2020/2021 o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olishga ruxsat etilgan oliy ta’lim muassasalarining RO‘YXATI mana bu yerda:
👉 Xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha ikkinchi oliy ta’lim kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi.