Oyni tadqiq qilishning butun tarixi davomida kosmosga 400 dan ortiq kosmonavtlar sayohat qilishgan. Har bir topshiriqni tugatgandan so‘ng yerga qaytib kelgan kosmonavtlar ko‘plab g‘alati va sirli hodisalar haqida gapirib berishgan. Masalan, kimdir NUJlarni ko‘rgan bo‘lsa, boshqalar g‘alati tovushlarni eshitishgan, yana kimdir atrofida “begona” borligini his qilgan, deb xabar berdi “Planetanovosti.com” portali.
Ufologlar va mutaxassislar bir necha yillar mobaynida barcha dalillarni to‘pladilar va vaqti-vaqti bilan uni ommaga taqdim qildilar.
Masalan, Pulkovo Bosh Astronomik Observatoriya professori Kirill Pavlovich Butusovning so‘zlariga ko‘ra, rus kosmonavtlari koinotda Allohning ogohlantirishlarini eshitishgan. Kimdir ularni diqqat bilan kuzatayotganini his qilishgan. So‘ng o‘zga sayyoraliklar kosmonavtlar bilan gaplashishga harakat qilishgan va ularga Yerga qaytishni hamda Yaratganning qonunlarini buzmaslikni ta’kidlashgan ekan.