Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Sirdaryolik madaniyat xodimasi ixtiyoriy ravishda koronavirusga «chalindi»

Sirdaryolik madaniyat xodimasi ixtiyoriy ravishda koronavirusga «chalindi»

Sirdaryolik yosh kinorejissyor Oybek Qarshiboyev «Loqaydlik» nomli qisqa metrajli film yaratdi.Film shu kunning global mavzusi –koronavirus pandemiyasi tartib-qoidalariga rioya qilmaslikning ayanchli oqibatlariga bag‘ishlangan.

Kartina bosh qahramoni — balog‘atga yetgan yosh qiz. U atrofida va butun jahonda kezib yurgan, insoniyatni chuqur tashvishga solgan tojdor virusdan asralish o‘rniga, karantin yumshatilishini noto‘g‘ri tushunib, belgilangan qoidalarni mensimaganligi, loqaydligi tufayli umrining ayni bahor pallasida hayotdan ko‘z yumadi. Va filmda erta o‘lim topgan qiz misolida koronavirus balosi yoshu keksa- barchaga birdek xatarli yov ekanligi aks etadi.

Bosh qahramon rolini ijro etgan Izzatoy O‘rolova Guliston tumanidagi bolalar raqs ansambli rahbari. U bungacha «Sirdaryo navolari» ansambli tarkibida bir necha mamlakatlarda bo‘lib o‘tgan festivallarda o‘zbek milliy raqs san’atini namoyish va targ‘ib etishda ishtirok etgan.

— Bir epizodda menga nafas olish apparatini ulashganda, garchi bu bor-yo‘g‘i bu kinodagi rol bo‘lsa-da, o‘zimda qo‘rquv his etdim,-deydi Izzatoy O‘rolova.- O‘ylaymanki, filmni ko‘rgan tomoshabinlarda ham ana shunday tuyg‘u paydo bo‘ladi va bu barchani karatin qoidalariga qatiy rioya qilishga da’vat etadi, loqaydlikka yo‘l qo‘ymaslikka chaqiradi.

Film rejissyori Oybek  Qarshiboyev Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining kino yo‘nalishida tahsil olgan.Bir necha filmlarda ikkinchi rejissyor sifatida tajriba orttirgan. Ayni paytda Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasining «Sirdaryo» telekanalida faoliyat olib bormoqda.

«Loqaydlik» filmi tez kunlarda «Sirdaryo» telekanali va ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etiladi.

Kiritildi: 15:05 23.09.2020. O'qildi: 5219 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!