Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Sirdaryolik ayolga zo‘ravonlik qilgan bosqinchilar qo‘lga tushdi

Sirdaryolik ayolga zo‘ravonlik qilgan bosqinchilar qo‘lga tushdi

2019 yil 8 yanvar kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida noma’lum shaxslar Bo‘ston mahallasida yashovchi S.M. ismli ayolning uyiga ochiq qolgan eshigi orqali kirib, uni va birga yashovchi ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarini qo‘rqitish orqali uyidan zargarlik buyumlari, pullari va Iphone rusumli mobil telefonini olib, voqea joyidan yashiringanlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Guliston shahrida yashovchi S.J., J.M. va muqaddam sudlangan U.B.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 15:41 21.03.2019. O'qildi: 1740 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!