Bugun 10 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Sirdaryoda o‘quvchilar bo‘lgan Gentra kanalga tushib ketdi

A A A
Sirdaryoda o‘quvchilar bo‘lgan Gentra kanalga tushib ketdi

Sirdaryo viloyati Guliston tumanida o‘quvchilar bo‘lgan Gentra kanalga tushib ketdi. Viloyat IIB holat yuzasidan dastlabki ma’lumotlarni ochiqladi.

Ma’lum qilinishicha, 14 yanvar kuni haydovchi avtomashinani Guliston tumani, “Inoqlik” mahallasi hududidan o‘tgan “O‘ng tarmoq” kanalining o‘ng tomonida joylashgan mahalliy ichki yo‘l bo‘ylab boshqarib borayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, kanalga tushib ketgan.

Tarmoqlarda bolalarning 3 nafari tirik qolgani, 2 nafari esa suvda oqib ketgani aytilmoqda. Ikki yigit egizak bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 22:44 15.01.2024. O'qildi: 2020 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!