Bugun 21 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Sirdaryoda o‘quvchi qizlar o‘qituvchini urdi

Sirdaryoda o‘quvchi qizlar o‘qituvchini urdi

Sirdaryo tumanidagi 2-maktabda ikki o‘quvchi qiz va o‘qituvchi janjali aks etgan video tarqaldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 7 oktyabr kuni Sirdaryo tumanidagi 2-maktabda sodir bo‘lgan. Videoda o‘quvchi qizlar o‘qituvchi ayolga qo‘l ko‘tarib, sochidan tortganini, o‘qituvchi ham ulardan birining sochini tortganini ko‘rish mumkin. Voqeaga guvoh bo‘lgan boshqa o‘qituvchilar ularni ajratishga harakat qilgan.

Holat Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va soha mas’ullari nazoratiga olingan. O‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:50. O'qildi: 1995 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!