Moldova prezidenti Mayya Sandu saylov natijalari e’lon qilinganidan so‘ng, 21 oktyabr sanasida keskin bayonot berdi.
«Moldova erkinlik va demokratiyaga qarshi misli ko‘rilmagan hujumga uchradi», — dedi u X tarmog‘i orqali.
«Jinoiy to‘dalar chet kuchlarning o‘nlab mln yevro, yolg‘on va targ‘ibot ko‘magi bilan mamlakatimizga hujum uyushtirdi. Ularning maqsadi — mamlakatimizda boshboshdoqlik va tartibsizlikni yuzaga keltirish. Jinoyatchilar 300 mingta ovozni sotib olishni maqsad qilgani haqida isbot va ma’lumotimiz bor», — dedi Mayya Sandu.
Yakuniy natijalarni kutayotganini ma’lum qilgan prezident shunga qarab kelgusidagi harakatlar haqida qarorga kelishini ma’lum qildi.
Kecha bo‘lib o‘tgan referendumda varaqalarning 97,70 foizi ishlanib bo‘lganidan ovoz beruvchilarning 51,65 foizi Moldovaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishiga qarshi ekani ma’lum bo‘lgan.
Bir paytning o‘zida mamlakat prezidenti saylovi ham bo‘lib o‘tdi. Mayya Sandu — 40,34 foiz, sobiq bosh prokuror Aleksandr Stoyanoglo — 27,29 foiz ovoz to‘plagan. Endi ular g‘oliblik uchun 3 noyabr kuni o‘tkaziladigan ikkinchi turda kurashadi.