Bugun 21 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Muhammad payg‘ambar karikaturalarining chop etilishi sabab bo‘lgan Charlie Hebdo jurnalining sobiq veb-masteri o‘lik holda topildi

Muhammad payg‘ambar karikaturalarining chop etilishi sabab bo‘lgan Charlie Hebdo jurnalining sobiq veb-masteri o‘lik holda topildi

2015 yilning 7 yanvarida radikallar tomonidan ushbu satirik nashr tahririyatiga uyushtirilgan hujum paytida o‘ta og‘ir yaralangan Charlie Hebdo jurnalining sobiq veb-masteri Simone Fiyeski kecha Parijda o‘lik holda topildi. 12 kishining hayotiga zomin bo‘lgan hujumga Muhammad payg‘ambar karikaturalarining chop etilishi sabab bo‘lgan.

Fransiya sudlari 41 yoshli erkakning jasadi mehmonxonada topilganini ma’lum qildi, o‘lim sababini aniqlay olmadi; "Tergov barcha mumkin bo‘lgan variantlarni ko‘rib chiqmoqda", deyiladi bayonotda.

Umurtqa pog‘onasidan o‘q jarohati olgan Fiyeski uzoq reabilitasiya kursidan o‘tdi. U Charlie Hebdo hujumi ishtirokchilaridan biri Sharif Kuachini al-Qoidaga yollagan jihodchi Piter Sherifga qarshi sudda guvohlik berdi.

Nashr navbatdagi sonini o‘z xodimi xotirasiga bag‘ishlamoqchi. O‘lim munosabati bilan Fiyeskiga hamdardlik bildirganlar orasida Fransiyaning sobiq prezidenti Fransua Olland ham bor.

Kiritildi: Bugun 10:31. O'qildi: 1465 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!