Isroil armiyasi G‘azo shimolida Hamas hujumida halok bo‘lgan yuqori martabali harbiy ofiserning o‘limini tasdiqladi.
401-brigada qo‘mondoni polkovnik Ahsan Daksa Jabaliya hududida o‘z tankidan chiqqan vaqtda portlovchi qurilma ishga tushishi oqibatida halok bo‘ldi, dedi harbiy matbuot kotibi Daniyel Xagariy brifingda.
Armiya bayonotida aytilishicha, hodisada yana bir batalyon qo‘mondoni ham og‘ir yaralangan. 2023 yil 7-oktabrdan beri Isroil askarlarining halok bo‘lganlar soni 747 nafarga yetdi, G‘azoda kamida 4969 nafar Isroil askari yaralangan.