AQShning sobiq prezidenti va prezidentlikka nomzod Donald Trampning Moskva markaziga zarba berish tahdidlari haqidagi so‘zlari saylovoldi kampaniyasi bilan bog‘liq, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, saylovoldi kampaniyasining so‘nggi bosqichida «AQShda juda ko‘p qaynoq hissiy bayonotlar yangramoqda.»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbat chog‘ida Tramp bunday tahdidlar qilganmi degan savolga javob berar ekan, Peskov Kreml suhbatlar mazmunini oshkor qilmasligini aytdi. «Biz hali ham yuqori darajada bo‘lib o‘tayotgan suhbatlar mazmunini oshkora e’lon qilmaslik borasida o‘ta mas’uliyatli pozisiyani e’lon qilishni ma’qul ko‘ramiz», — dedi Peskov.