Sirdaryo viloyati Guliston shahrida oyog‘i panjara orasiga tushib ketgan bolaga yordam ko‘rsatildi, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 28 avgust kuni soat 07:22 da Sirdaryo viloyat FVBga Guliston shahar «Bo‘ston» MFY hududidagi ariq ustiga o‘rnatilgan metall panjara orasiga 11 yoshli bolaning bir oyog‘i qisilib qolgani to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.
Zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan qutqaruvchilar maxsus uskunalar yordamida bolaning oyog‘ini panjara orasidan jarohatlarsiz chiqarib olib, amaliy yordam ko‘rsatgan va ota-onasiga sog‘-omon topshirgan.
"Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha ota-onalardan farzandlarini nazoratsiz qoldirmaslikni so‘rab qoladi", — deyiladi xabarda.