Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Sirdaryoda imtiyozli kredit ajratib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Sirdaryoda imtiyozli kredit ajratib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shirin shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.X. va boshqalar fuqarolar S.M. va M.X.ning ishonchiga kirib, ularga 40 mln so‘m evaziga gӯyoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali 400 mln so‘m imtiyozli kredit ajratib berishlarini aytib, kelishilgan puldan 20 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:46 17.07.2025. O'qildi: 415 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!