Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Sirdaryoda aka singlisini rezina bilan bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ydi

Sirdaryoda aka singlisini rezina bilan bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ydi

Sirdaryo tumanida aka o‘z singlisini rezina bilan bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, holat 10 mart kuni sodir bo‘lgan. Sirdaryo tumani “Zarshunos” mahallasida yashovchi T. ismli yigit singlisi bilan o‘zaro kelisholmay qolib, kuchli stress oqibatida rezina bilan uni bo‘g‘gan.

Shu paytda singlisining ahvoli og‘irlashib, vafot etgan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Sirdaryo tumani “Intilish” mahallasida mazkur jinoyat muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB boshlig‘i, viloyat prokurori birinchi o‘rinbosari, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Kiritildi: 06:49 17.03.2023. O'qildi: 1861 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!