Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Sirdaryoda aholiga hujum qilayotgan yovvoyi to‘ng‘iz otib o‘ldirildi

Sirdaryoda aholiga hujum qilayotgan yovvoyi to‘ng‘iz otib o‘ldirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo tumani "Sholikor" MFYda yovvoyi to‘ng‘izlar aholiga hujum qilayotgani, natijada odamlar jarohatlanayotgani aytilgan video tarqaldi.

Ushbu videoxabar yuzasidan ma’lumot bergan Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga ko‘ra, holat Guliston tumani "Chortoq" SIU hududida sodir etilganligi aniqlangan.

Fuqaro B.A o‘ziga tegishli ov quroli yordamida ov qoidalarini buzgan holda 1 dona yovvoyi cho‘chqa ovlaganligi aniqlanib, sodir etilgan holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 90-modda 1-qismi bilan ma’muriy jarima jazosi belgilangan

Videotasvirdagi yovvoyi cho‘chqani odamlarga tashlanganlik holati videomontaj bo‘lib, ushbu jarayonga talluqli emasligi ma’lum qilingan.

Kiritildi: 13:42 05.02.2023. O'qildi: 4355 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!