Joriy yilning 18 may kuni Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani "Oydin" MFY hududidan oqib o‘tuvchi Do‘stlik kanaliga cho‘milish uchun borgan 2011 y.t. voyaga yetmagan fuqaro A.X. ehtiyotsizlik oqibatida "Do‘stlik" kanaliga cho‘kib ketgan, deya yozmoqda Uznews.uz.
Viloyat FVB g‘avvos-qutqaruvchilari tomonidan olib borilgan suvda qidiruv-qutqaruv tadbirlari natijasida 19 may kuni yigitning tanasi suvdan olib chiqildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Mirzaobod tumani prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.