Sirdyoryo viloyatining Guliston shahrida qiymati 100 mln. so‘mdan oshiq yaroqsiz tamaki maxsulotlari yo‘q qilindi. Bu haqida MIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Guliston shahrida faoliyat yurituvchi tadbirkorning faoliyati o‘rganilganda kirim xujjatlari mavjud bo‘lmagan 2404 quti shubhali tamaki maxsulotlari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudining qaroriga asosan, ashyoviy dalil tariqasida olingan 2404 quti tamaki maxsulotlari kelib chiqishi noma’lum bo‘lib, ekspertiza xulosasiga ko‘ra iste’molga yaroqsiz bo‘lganligi sababli yo‘q qilinishi belgilangan.
Majburiy ijro byurosining Guliston shahar bo‘limi tomonidan mazkur sud qarori bo‘yicha ijro xarakatlari olib borilib, umumiy qiymati 106,3 mln so‘mlik 2404 quti tamaki maxsulotlari belgilangan komissiya a’zolari xamda xolislar ishtirokida yoqish yo‘li bilan yo‘q qilingan.