UNICEF hamda GAVI (vaksina va immunizasiya bo‘yicha xalqaro birlashma) tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimiga umumiy qiymati 2,4 million dollar mablag‘ ajratilgan bo‘lib, ushbu mablag‘lar evaziga yurtimizning Andijon, Jizzax, Namangan, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida tibbiy chiqindilarni utilizasiya qilish punktlari qurib, jihozlanmoqda.
Kuni kecha Respublikamizda birinchilardan bo‘lib Boyovut tumani tibbiyot birlashmasida tibbiy chiqindilarni atrof-muhit uchun xavfsiz ravishda utilizasiya qilish maxsus punktining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Unicef va GAVI tashkilotlarining O‘zbekistondagi vakolatxonasi mutaxassislari, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi mutasaddilari, jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan tibbiy chiqindilarni zararsizlantirib, qayta ishlaydigan utilizasiya shoxobchasining imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot berdilar.