Tahlil natijasiga ko‘ra, mazkur yoqilg‘i mahsuloti davlat standartlari talablariga javob bermasligi — ya’ni sifatsiz ekani aniqlandi.
Mazkur qonunbuzarlik holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga muvofiq, realizasiya qilingan neft mahsuloti qiymatining 50 foizi miqdorida — 18,7 million so‘m jarima qo‘llanildi.
1️⃣ Shu bilan birga, sifatsiz mahsulotlarning qolgan qismini sotuvga chiqarmaslik hamda ularning sifatini tiklash choralarini ko‘rish bo‘yicha rasmiy ko‘rsatma berildi.