Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatiga IIB YHXB boshliqlari tayinlandi

Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatiga IIB YHXB boshliqlari tayinlandi

Polkovnik Oybek Xudoyberdiyevich Murodov Qashqadaryo viloyati IIB YHXB boshlig‘i lavozimini egalladi.

Oybek Xudoyberdiyevich Murodov Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tuzilmalarida tergovchi, katta tergovchi, O‘MIB katta tergovchi, tergov bo‘linmasi, bo‘limi boshlig‘i, Tashkiliy boshqarma boshlig‘i v.b., Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i, Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari - moliya va moddiy texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i, Shayxontohur tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Ilhom Idirov Sirdaryo viloyati IIB YHXB boshlig‘i lavozimini egalladi.

Tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati IIB YHXB boshlig‘i edi.

Kiritildi: 10:15 09.07.2025. O'qildi: 1124 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!