Bugun 22 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Sirdaryo havzasida ham may oyida sezilarli suv taqchilligi ro‘y bergan

Sirdaryo havzasida ham may oyida sezilarli suv taqchilligi ro‘y bergan

To‘rt mamlakatdan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosi (yirik irmoqlari Norin, Qoradaryo, Chirchiq daryolari bilan) havzasida ham quruq o‘tgan may oyida sezilarli suv defisiti ro‘y bergan. Jumladan, may oyining uchinchi o‘n kunligida Qirg‘izistonda taqchillik 6,0 mln.m³ (suv olish limitining 37%), Tojikistonda 10 mln. m³ (suv olish limitining 21%) ni tashkil etdi.

Sirdaryoning "Bahri Tojik-Chordara" uchastkasidagi respublikalarda sezilarli suv taqchilligi kuzatildi, jumladan mayning so‘ngi o‘n kunida Qozog‘istonda taqchillik 5 mln. m³ (suv olish limitining 13%), Tojikistonda -28 mln. m³ (suv olish limitining 33%), O‘zbekistonda-131 mln. m³ (suv olish limitining 48%) ga yetgan.

Mayning so‘ngi uch kunligiga ko‘ra, Sirdaryo havzasidagi yirik suv omborlarida suv hajmi quyidagini tashkil etgan: To‘htag‘ul suv omborida - 8.6 km³, Andijon suv omborida - 1 km³, Chorvoq suv omborida - 1.63 km³, Qayroqqum suv omborida - 3.4 km³, Chordara suv omborida - 4.1 km³. Chorvoq suv omborida iyun boshlariga kelib, tog‘lardagi qorlarning shiddat bilan erishi hisobiga, omborda suv hajmining sezilarli ortganini ko‘rish mumkin.

Kiritildi: 09:10 27.06.2023. O'qildi: 2758 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!