2019 yilning ikkinchi yarmida Singapurda yo‘lovchi tashuvchi uchar taksining test sinovi boshlanadi.
Ishlab chiquvchilar qurilmaning atrof-muhitda foydalanishga tayyorligini tekshirishmoqda.
Ta’kidlanishicha, muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgandan so‘ng ‘Volocopter” kompaniyasi bir qator namoyishlarni amalga oshiradi. Singapur hukumati esa kelgusi yil uchun sinovni tasdiqladi.
“Volocopter” kompaniyasining rejalari aviakompaniyani tashkil etish uchun mahalliy qurilish va boshqa kompaniyalar bilan hamkorlik qilishdir.