Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

“Silk Road Samarkand” majmuasida joylashgan Markaziy Osiyodagi eng yirik kongress markazi haqida

“Silk Road Samarkand” majmuasida joylashgan Markaziy Osiyodagi eng yirik kongress markazi haqida

“Silk Road Samarkand” xalqaro sayyohlik majmuasi tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun press-tur uyushtirilganligi haqida xabar bergandik. Mazkur press-tur davomida majmuadagi “Congress Center” – xalqaro kongress markazi katta taassurot qoldirdi.

“Silk Road Samarkand” majmuasida joylashgan Markaziy Osiyodagi eng yirik kongress markazi haqida

Markaz mas’ullarining ma’lumotiga ko‘ra, bu markaz Markaziy Osiyodagi eng yirik kongress markazi hisoblanadi. Ta’kidlash kerakki, yuqori texnologiyali zalda 3500 ishtirokchiga mo‘ljallangan o‘n uchta konferensiya zallari mavjud.

“Silk Road Samarkand” majmuasida joylashgan Markaziy Osiyodagi eng yirik kongress markazi haqida

Bundan tashqari, kongress markazi kongresslar, forumlar, konferensiyalar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, taqdimotlar, namoyishlar va banketlar uchun mo‘ljallangan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan.

“Silk Road Samarkand” majmuasida joylashgan Markaziy Osiyodagi eng yirik kongress markazi haqida

Kongress markazining maydoni 18 000 m2 ni tashkil qiladi.

“Silk Road Samarkand” majmuasida joylashgan Markaziy Osiyodagi eng yirik kongress markazi haqida

Markazda qad rostlagan kongress markazida ham milliy, tarixiy-etnografik muhit hukmron. Bu yerda qadim tarixga oid turli manbalar, yodgorliklar bilan tanishish mumkin.

Press-tur ishtirokchilari tarixiy materiallar va o‘ziga xos san’at asari — «Quyosh» bilan tanishishdi. Mazkur asar muallifi asli samarqandlik, ayni damda esa Buyuk Britaniyada ijod qiladigan rassom, haykaltarosh Yunus Safardiyor hisoblanadi.

“Silk Road Samarkand” majmuasida joylashgan Markaziy Osiyodagi eng yirik kongress markazi haqida

Qayd etish joizki, ushbu san’at asari kinetik san’at deyiladi, ya’ni harakatga keltiruvchi san’at.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tasviriy san’at kafedrasi dosenti Shuhrat Abdullayev: “Quyosh”ga e’tibor bersangiz, doim nur sochib turadi. Muallif juda yaxshi g‘oya o‘ylab topgan. Bir qarashda oddiy, ammo, aslida, kishini o‘ylashga, mulohaza yuritishga undaydi", – deya izoh bergandi.

“Silk Road Samarkand” majmuasida joylashgan Markaziy Osiyodagi eng yirik kongress markazi haqida

Bir so‘z bilan aytganda, kongress markazi OAV vakillarida katta taassurot qoldirdi.

Kiritildi: 13:03 27.03.2023. O'qildi: 2334 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!