Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Silk Road Samarkand joriy yilning birinchi yarmida 40 mingdan ortiq mehmonlarni qabul qildi

A A A
Silk Road Samarkand joriy yilning birinchi yarmida 40 mingdan ortiq mehmonlarni qabul qildi

Joriy yilning avgust oyida yangi O‘zbekistonning eng yirik sayyohlik loyihasi – Silk Road Samarkand Samarqand sayyohlik markazi ishga tushirilganiga bir yil to‘ldi. O‘tgan davrda Silk Road Samarkand sayyohlik O‘zbekistonning turistik tashrif qog‘oziga aylandi.

2023 yilning boshidan Silk Road Samarkand majmuasida yigirmadan ortiq xalqaro maqomdagi tadbirlar tashkil etildi. Masalan, YETTB ning yillik yig‘ilishi (o‘sha paytda Silk Road Samarkand mehmonxonalarida 70 ta mamlakatdan kelgan 2000 dan ortiq mehmonlar joylashtirilgan), shuningdek, MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi, Triatlon va Paratriatlon bo‘yicha Osiyo chempionatlari va “Turkmaniston-O‘zbekiston-Qozog‘iston-Xitoy” gaz quvurining ishlatilishi bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitaning yig‘ilishi eng muhimlaridan biri bo‘ldi. Qatar davlati amiri va Singapur Davlat rahbarining rasmiy tashrifi chog‘ida ular sayyohlik markazidagi “Abadiy shahar” majmuasiga tashrif buyurishdi.

Mamlakatimiz va xalqaro darajadagi ekspertlar markazning O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini yangilash va rivojlantirish nuqtai nazaridan muhimligini ta’kidlaydilar. Majmuaning noyob konsepsiyasi har bir mehmonga madaniy, sog‘lomlashtirish va gastronomik turizmdan bahramand bo‘lish imkonini beradi.

Quyidagi raqamlar dalil bo‘lib xizmat qiladi: 2023 yil boshidan to bugungi kungacha Silk Road Samarkand Samarqand sayyohlik markazi 40 000 dan ortiq mehmonlarni qabul qildi. Bular Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Turkiya, Ozarbayjon fuqarolaridir. Shuni ta’kidlash joizki, Yevropa Ittifoqi, AQSh va Xitoydan kelgan sayyohlarning ham turizmga qiziqishi yanada ortib borayapti.

Silk Road Samarkand Samarqand sayyohlik markazi turizm industriyasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘ldi. Mehmonlarga qulaylik yaratish maqsadida mehmonxonalardagi turar joyni oldindan band qilishni silkroad-samarkand.com rasmiy veb-saytida, shuningdek, mashhur Booking.com, Expedia.com, EasyBooking.uz platformalari orqali mustaqil ravishda amalga oshirish mumkin. 2023 yilning birinchi yarmida 100 dan ortiq taniqli turoperatorlar bilan shartnomalar imzolandi, jumladan: Dolores Travel, PEGAS Touristik, PAC Group, CORAL Travel.

Alohida e’tibor transportdan foydalanish qulayligiga, dam olish uchun eng yaxshi takliflar, gastronomik va tibbiy turizm, xalqaro darajadagi xizmat, shuningdek boy madaniy an’analari targ‘ib qilishga qaratilmoqda. Bularning barchasi haqli ravishda Silk Road Samarkand ga Markaziy Osiyodagi eng yaxshi sayyohlik loyihalaridan biri unvonini beradi.

Silk Road Samarkand Samarqand sayyohlik markazi hududida "Abadiy shahar" tarixiy-etnografik bog‘i, 14 ta Eco Village villasi va sakkizta 4-5* mehmonxona (yulduz) faoliyat ko‘rsatmoqda, ya’ni: Samarkand Regency Amir Temur, Silk Road by Minyoun, Savitsky Plaza, Lia! by Minyoun Stars of Ulugbek, va Wellness Park mehmonxona majmuasi mavjud.

Ma’lumot uchun: xududning umumiy maydoni 260 gektardan ortiq, shu jumladan respublika eshkak yeshish kanalining 40 gektari va 170 gektarga yaqin yashil maydonlar. Harakat qulayligi uchun majmua hududida 39,5 km dan ortiq piyodalar va 19,5 km velosiped yo‘llari yotqizilgan. Qurilgan ob’ektlarning umumiy maydoni 242 ming m2. Mehmonxona zamonaviy standartlarga muvofiq jihozlangan 1198 ta qulay xonadan iborat. Bundan tashqari, majmuada 14 ta prezidentlik lyukslari mavjud bo‘lib, bu Markaziy Osiyo uchun o‘ziga xos rekorddir.

Bugungi kunga qadar majmua hududida 30 ga yaqin restoran, bar, kafe va tungi klublar mavjud. Ularning har biri o‘ziga xos muhitni taqdim etadi: oynadan qaraganda ajoyib ko‘rinish, shinam oshxona, o‘ziga xos dizayn. Bu yilgi muhim voqealardan biri sun’iy ko‘l bo‘yida joylashgan "Ayvan" banket zalining ochilishi bo‘ldi. Ushbu joy 500 kishini tashkil etadi, shuningdek, 20 dona ochiq ayvonlar mavjud. Bu joy to‘y va boshqa muhim tadbirlar o‘tkazish uchun juda qulay va mos xisoblanadi.

Kiritildi: 15:26 23.08.2023. O'qildi: 1969 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!