Bugun 20 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Silk Avia 1 fevraldan mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha chiptalar narxini oshiradi

Silk Avia 1 fevraldan mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha chiptalar narxini oshiradi

2026 yil 1 fevraldan boshlab Silk Avia mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha yangilangan tariflar kuchga kirishini ma’lum qildi. Narxlar oshishi eng minimal tariflar uchun quyidagicha bo‘ladi:

  • Toshkent – Samarqand 291 ming so‘mdan 313 ming so‘mga;
  • Toshkent – Buxoro 320 ming so‘mdan 344 ming so‘mga;
  • Toshkent – Navoiy 277 ming so‘mdan 297 ming so‘mga;
  • Toshkent – Qarshi 277 ming so‘mdan 297 ming so‘mga;
  • Toshkent – Termiz 335 ming so‘mdan 360 ming so‘mga;
  • Toshkent – Namangan 277 ming so‘mdan 297 ming so‘mga;
  • Toshkent – Farg‘ona 277 ming so‘mdan 297 ming so‘mga;
  • Toshkent – Urganch 437 ming so‘mdan 469 ming so‘mga;
  • Toshkent – Qo‘qon 277 ming so‘mdan 297 ming so‘mga;
  • Toshkent – Andijon 306 ming so‘mdan 328 ming so‘mga;
  • Toshkent – Sariosiyo 393 ming so‘mdan 422 ming so‘mga;
  • Toshkent – Zomin 117 ming so‘mdan 125 ming so‘mga;
  • Toshkent – Shahrisabz 277 ming so‘mdan 297 ming so‘mga;
  • Nukus – Mo‘ynoq 117 ming so‘mdan 125 ming so‘mga.

«Narxlar bir tomonga hisoblangan. Sayohatlaringizni rejalashtirishda ushbu o‘zgarishlarni hisobga olishingizni tavsiya etamiz. Aviachiptalarni silk-avia.com saytida, mamlakatning barcha aeroportlarida va Uzbekistan Airways Sales filialida xarid qilishingiz mumkin», deyiladi kompaniya xabarida.

Silk Avia — Uzbekistan Airports tomonidan tashkil etilgan loukoster aviakompaniya bo‘lib, parvozlarini 2023 yil 25 apreldan boshlagan. 2023 yil oktyabr oyida prezident qarori bilan kompaniya brendi saqlab qolingan holda Uzbekistan Airways tarkibiga o‘tkazilgan.

Kiritildi: Bugun 15:37. O'qildi: 270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!