Bugun 16 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Silent Lynx xakerlar guruhi qo‘shni davlatlar tarmoqlariga buzib kirgan

Silent Lynx xakerlar guruhi qo‘shni davlatlar tarmoqlariga buzib kirgan

Reuters xabariga ko‘ra, Qozog‘iston hukumatiga aloqador deb taxmin qilinayotgan Silent Lynx xakerlar guruhi qo‘shni davlatlar tarmoqlariga buzib kirgan. Hujumga uchragan davlatlar qatorida Rossiya, Belarus, O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston bor.

Hujumlardan asosiy maqsad energetika, davlat boshqaruvi va strategik infratuzilmalarga oid maxfiy ma’lumotlarni yig‘ish bo‘lishi mumkin.

Xakerlarning diplomatik muzokaralar arafasida davlat idoralarini nishonga olishi, neft ta’minoti va suv resurslariga qiziqishi ularning hukumatga aloqadorligi haqidagi gumonlarni oshiradi.

Rossiyada neftni qayta ishlovchi zavod va mahalliy hukumat tarmoqlari nishonga olingan. O‘zbekistonga uyushtirilgan hujumda esa “Smart Forestry” tashabbusi va suv resurslari bilan bog‘liq infratuzilma ma’lumotlari qo‘lga kiritilgani taxmin qilinmoqda.

Kiritildi: 03:00 15.10.2026. O'qildi: 607 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!