Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida faoliyat yurituvchi dorixonalar faoliyati o‘rganilganda, kirim hujjatlari mavjud bo‘lmagan 22 turdagi 214 quti shubxali dori vositalari sotuvda mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Mazkur dori vositalari kelib chiqishi noma’lum bo‘lib, ekspertiza xulosasiga ko‘ra iste’molga yaroqsiz bo‘lganligi sababli, sudi qaroriga asosan yo‘q qilinishi belgilangan.
Majburiy ijro byurosining Sardoba tuman bo‘limi tomonidan mazkur sud qarori bo‘yicha ijro xarakatlari olib borilib, 22 turdagi 214 quti yaroqsiz dori vositalari komissiya a’zolari xamda xolislar ishtirokida belgilangan tartibda, yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi.