Xitoy raisi Si Szinpinning AQShga davlat tashrifi juma kuni yakunlandi. Donald Tramp bilan savdo, sun’iy intellekt va xavfsizlik masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilganiga qaramay, ularning rasmiy natijalari e’lon qilinmadi.
Xitoy tomoni ma’lumotiga ko‘ra, Tramp va Si Szinpin payshanba kuni Yaqin Sharq, Ukraina va Koreya yarimorolidagi vaziyatni muhokama qilish uchun 90 daqiqalik yopiq uchrashuv o‘tkazgan. Oq uy bu muzokaralar mazmuni bo‘yicha ma’lumot bermagan.
Tashrif doirasida Tramp va birinchi xonim Melaniya Tramp Si Szinpin hamda uning rafiqasi Pen Liyuan sharafiga rasmiy kechki ziyofat berdi. Unda AQShning yirik kompaniyalari rahbarlari, jumladan, Jeff Bezos, Ilon Mask, Sem Oltman, Jensen Xuang va Sundar Pichay ishtirok etdi.
Tramp ikki davlat turli siyosiy tizimlarga ega bo‘lsa-da, xalqlar o‘rtasidagi aloqalar mustahkamligini ta’kidladi. Si Szinpin esa Tramp AQShni yana buyuk davlatga aylantirishga, Xitoy esa milliy tiklanishga erishishga intilayotganini bildirdi.
Tashrif yakunida Tramp Si Szinpinga AQSh tarixiga oid ramziy sovg‘alar, jumladan, kal burgut haykalchasini taqdim etdi.