Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Si Szinpin: Xitoy o‘z kuchiga tayanadi va tartib o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymaydi

Si Szinpin: Xitoy o‘z kuchiga tayanadi va tartib o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymaydi

Xitoy faqat o‘ziga ishongan holda rivojlanadi, Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) rahbarligida mamlakatni modernizasiya qilish ishlari davom ettiriladi.

Bu haqda XXR raisi, XKP Markaziy qo‘mitasi Bosh kotibi Si Szinpin bayonot berdi.

"Jenmin jibao" gazetasining xabar berishicha, u Pekinda o‘tkazilgan viloyat va vazirlik rahbarlarining seminari yakunida aytgan.

“Xitoyning modernizasiyalashuvi – Xitoy Kommunistik partiyasi rahnamoligidagi sosialistik modernizasiyadir”.

“XKPning bo‘lajak 20-s’ezdida “har tomonlama modernizasiyalashgan sosialistik davlatni barpo etish bo‘yicha ikki bosqichli strategik reja batafsil ko‘rib chiqiladi, kelgusi besh yil uchun strategik vazifalar va yirik tashabbuslar tavsiya etiladi”, dedi davlat rahbari.

Kiritildi: 18:20 28.07.2022. O'qildi: 3958 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!