Pekinda Xitoy Prezidenti Si Szinpin va Bosh vazir Shahboz Sharif ikki mamlakat o‘rtasidagi sheriklikni har tomonlama chuqurlashtirish muhimligini ta’kidladilar.
Bu haqda Dawn nashri xabar berdi.
"Xalqaro vaziyatga qaramay, Xitoy qo‘shni davlatlar bilan diplomatiyasida Pokiston bilan munosabatlarga doimo ustuvor ahamiyat bergan", dedi u.
O‘z navbatida, Pokiston Bosh vaziri Xitoy rahbariga Pokistonni "Yaqin Sharqda tinchlikni ta’minlash va sulhga erishishda" qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.
Bugun ertalab Pokiston Bosh vaziri Xitoy Davlat kengashi raisi Li Syan bilan uchrashdi va unga Yaqin Sharqdagi mojaroni hal qilish bo‘yicha davom etayotgan muzokaralar haqida ma’lumot berdi. Uning ta’kidlashicha, Islomobod va Pekin mintaqada tinchlikni tiklash uchun kuchlarini birlashtirishi kerak.
Shahboz Sharif to‘rt kunlik rasmiy tashrif bilan Xitoyga keldi.