Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Si Jinpin Erondagi urushni tezroq yakunlash zarurligini aytdi

Si Jinpin Erondagi urushni tezroq yakunlash zarurligini aytdi

Xitoy raisi Si Jinpin Pekinda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan o‘tkazilgan muzokaralarda Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlarni to‘xtatish kerakligini va tinchlikka erishish uchun muzokaralar alohida ahamiyatga ega ekanini eslatib o‘tdi.

"Mazkur urushning to‘xtatilishi jahonda energiya resurslari ta’minoti va xalqaro savdo barqarorligiga tahdidni kamaytirishga yordam beradi", — dedi Si.

O‘tgan haftada Xitoy yetakchisi Pekinda AQSh prezidenti Donald Trampni qabul qilgan edi. Vashington Tehrondan yadroviy dasturdan voz kechishni talab qilib, 28 fevral kuni Eronga qarshi urush boshlagandi.

Eronni AQSh shartlariga ko‘nishga majburlashga urinishlar natija bermadi, shu bilan birga, Fors ko‘rfazidan neft va suyultirilgan tabiiy gaz eksportining muhim yo‘li bo‘lgan Ho‘rmuz bo‘g‘ozining blokada qilinishi dunyoda jiddiy energetik inqirozni keltirib chiqardi va uning ta’sirini Xitoy ham his etdi.

Ushbu fonda Rossiya nefti va gazidan AQSh sanksiyalari qisman olib tashlandi. Xitoyga Rossiya neft va gazini yetkazib berish hajmini oshirish Putinni Pekindagi tashrifining eng muhim masalalaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:41. O'qildi: 353 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!