Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

SI-gigant Anthropic kompaniyasi IPO uchun ariza topshirdi

SI-gigant Anthropic kompaniyasi IPO uchun ariza topshirdi

"Claude" sun’iy intellekt modelini yaratgan Anthropic kompaniyasi IPO muddatlari va ko‘lamini oshkor etmadi, faqat bu "bozorning ayni damdagi vaziyati va boshqa omillarga" bog‘liq bo‘lishini bildirdi.

The New York Times nashri birjaga chiqish joriy kuzdayoq amalga oshishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

IPO uchun ariza berish orqali Anthropic o‘zning asosiy raqobatchisi — ChatGPT chat-boti yaratuvchisi OpenAI kompaniyasini ortda qoldirdi, chunki OpenAI ham birjaga chiqishni rejalashtirmoqda.

NBC News qayd etishicha, ushbu ikki kompaniyadan qay biri birinchi bo‘lib IPO’ga chiqsa, moliyalashtirish uchun kechayotgan poygada katta ehtimol bilan yaxshiroq natijalarga erishadi.

Bundan tashqari, iyun oyi oxirida Ilon Maskning sun’iy intellekt sohasidagi yana bir gigant hisoblangan SpaceX kompaniyasining IPO’si bo‘lib o‘tadi. Anthropic, OpenAI va SpaceX kompaniyalarining birjaga chiqishi tarixdagi eng yirik IPO’lardan biriga aylanishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 18:44. O'qildi: 237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!