Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Si AQShga tashrif chog‘ida nega qo‘shimcha dam olish vaqti ajratishni so‘ragan?

Si AQShga tashrif chog‘ida nega qo‘shimcha dam olish vaqti ajratishni so‘ragan?

Si Szinpinga Tramp bilan sammit vaqtida besh soatlik dam olish tanaffusiga chiqarishgan — WSJ

Xitoy tomoni AQShga davlat tashrifi chog‘ida XXR raisi Si Szinpinga qo‘shimcha dam olish vaqti ajratishni so‘ragan. Natijada ikki kunlik dasturda rasmiy tadbirlarsiz qariyb besh soatlik tanaffus paydo bo‘lgan. Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga tayanib xabar berdi.

Xitoy delegasiyasining talablaridan biri Si Szinpin uchun Oq uyning G‘arbiy qanotida alohida dam olish xonasi ajratish bo‘lgan. U yerda faqat uning rafiqasi Pen Liyuan bo‘lishiga ruxsat berilgan. AQSh Milliy xavfsizlik kengashining sobiq xodimi Dennis Uaylder bunday kelishuvni misli ko‘rilmagan holat deb atagan.

Si Szinpinning AQShga tashrifidan oldin uning delegasiyasi 24 sentyabrga rejalashtirilgan Donald Tramp bilan ishchi tushlikdan voz kechgan. Shuningdek, Xitoy rahbari mamlakatga kelganidan keyin kechqurun rasmiy tadbirlar o‘tkazilmagan.

25 sentyabr kuni Si Szinpin Milliy arxivda bor-yo‘g‘i 10 daqiqa bo‘lgan. Bu Amerika tomoni rejalashtirgan vaqtdan ancha qisqa bo‘lgan.

WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, tashrif dasturi Si Szinpinning qancha vaqt tik turgani, qancha masofa yura olishi va qachon dam olishi kerakligi hisobga olingan holda tuzilgan. 24 sentyabr kuni ikki tomonlama muzokaralar tushga yaqin boshlanib, kunning ikkinchi yarmi boshida yakunlangan. Shundan so‘ng Si Oq uyni tark etib, faqat davlat kechki ziyofati uchun qayta kelgan.

Si Szinpinning AQShga tashrifi Xitoy rahbarining 11 yil ichidagi birinchi davlat tashrifi bo‘ldi. Uchrashuv yakunida Tramp muzokaralarni «10 balldan 12 ball» deb baholagan bo‘lsa, Si Szinpin uchrashuvni «samimiy va chuqur» deb atagan.

Kiritildi: 15:27 03.10.2026. O'qildi: 778 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!