Xabarlarga ko‘ra, deyarli 4000 metr balandlikdagi Bichhorn cho‘qqisi ostida muzlikning bir qismi ajralib tushishi natijasida pastga muz, qor va toshlardan iborat ko‘chki oqib tushdi. Bu massa taxminan 1500 metr balandlikda joylashgan Blatten qishlog‘igacha yetib bordi. Qishloqning bir qismi ko‘chki ostida qoldi.
Bu hodisa mahalliy aholi uchun kutilmagan holat emas edi, geologlar va qutqaruv xizmati ko‘maguda bunga oldindan tayyorgarlik ko‘rilgandi. Blatten qishlog‘ining taxminan 300 nafar aholisi bir hafta avval evakuasiya qilingan edi.