Shveysariya davlat migrasiya kotibiyati (SEM) 1 noyabr kuni g‘arbiy Ukrainadan kelgan qochqinlarga boshpana berishga cheklovlar kiritdi.
"SEM har bir arizani alohida ko‘rib chiqishda davom etadi. Agar SEM himoya arizasini rad etsa, shaxs qaytib kelishi asosli deb topilgan hududdan kelgan bo‘lsa, chiqarib yuborish to‘g‘risida buyruq chiqariladi", - deyiladi xabarda.
Xavfsiz hududlar qatoriga Volin, Roven, Lvov, Ternopol, Zakarpatya, Ivano-Frankivsk va Chernovsi viloyatlari kiradi.
Yangi choralar S himoya maqomiga ega bo‘lganlarga yoki ularning Ukrainada yashovchi oila a’zolariga ta’sir qilmaydi.