Bugun 4 noyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

BYD kompaniyasi milliarder Uorren Baffetni qanday ishontirgan edi?

BYD kompaniyasi milliarder Uorren Baffetni qanday ishontirgan edi?

BYD kompaniyasining bosh direktori o‘z akkumulyatorlarining xavfsizligini isbotlash uchun investorlar yig‘ilishida akkumulyator suyuqligini ichgan.

Uorren Baffet buni ko‘rib, unga ishongan va kompaniyaga 232 million dollar sarmoya kiritgan. Ushbu voqea 2008 yilda sodir bo‘lgan, ammo bu haqda ma’lumot endigina sizib chiqdi.

Atigi o‘ttiz yil ichida BYD kichik akkumulyator zavodidan dunyodagi eng yirik elektr avtomobillar ishlab chiqaruvchisiga aylandi va Teslaning global yetakchiligiga nuqta qo‘ydi.

Kompaniya hozirda yiliga to‘rt milliondan ortiq elektr va gibrid avtomobillarni sotmoqda, o‘z mahsulotlarini 60 dan ortiq mamlakatlarga eksport qilyapti va hatto Ilon Maskning kompaniyasi ham o‘zining ayrim modellariga o‘rnatishni boshlagan innovasion Blade akkumulyatorlarini ishlab chiqaryapti.

Kiritildi: 21:55 03.11.2025. O'qildi: 1609 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!