Bugun 8 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Shveysariya qabul qilinadigan ukrainalik qochqinlar sonini cheklamoqchi

Shveysariya qabul qilinadigan ukrainalik qochqinlar sonini cheklamoqchi

Shveysariya Ukrainadan kelayotgan qochqinlarni qabul qilishni cheklashni rejalashtirmoqda va bu borada «norvegcha model»ni qabul qiladi. Bu haqda mamlakatning SRF teleradiokompaniyasi xabar berdi.

🔹 Yaqin kunlarda Federal kengash Ukrainadan kelayotgan qochqinlarni qabul qilish tartibini o‘zgartirish haqida qaror qabul qilishi kutilmoqda. Ushbu choralarni 2023 yil dekabrida parlament tavsiya etgan edi.

📍 Yangi tartibga ko‘ra, faqat Rossiya tomonidan to‘liq yoki qisman okkupasiya qilingan hududlardan yoki «o‘rta yoki yuqori shiddatdagi» janglar davom etayotgan hududlardan kelgan shaxslargina muhofaza maqomini oladi.

🔸 Shveysariya bu borada Norvegiya tasnifini qabul qiladi. Unga ko‘ra, Ukrainadagi G‘arb va markaziy viloyatlar xavfsiz deb hisoblanadi. Kiyev, Odessa, Dnepropetrovsk, Nikolayev, Zaporojye, Xarkov, Chernigov va Sumi — xavfli hududlar sifatida belgilangan.

📌 SRF ta’kidlashicha, Kiyev atrofidagi hududlarga kelganda, Norvegiya faqat shaharni xavfli deb hisoblasa, Shveysariya bu doirani kengaytirishi mumkin.

📊 Hozirda Shveysariyaga kelayotgan ukrainalik qochqinlarning taxminan uchdan bir qismi mamlakatning «xavfsiz» hududlaridan kelmoqda. Yangi cheklovlar joriy qilinsa, ularga qochqin maqomi berilmaydi.

Kiritildi: 11:53 25.06.2025. O'qildi: 544 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!