Gitler ham tegmagan Shveysariya mudofaa siyosatini ko‘rib chiqmoqchi, chunki Tramp Yevropa xavfsizligini zaiflashtirish bilan tahdid qilmoqda.
Bu haqda Financial Times nashri xabar berdi.
Shveysariyaning navbatdagi mudofaa vaziri polkovnik Martin Pfister NATO va Yevropa Ittifoqi bilan mudofaa sohasida hamkorlikni kuchaytirishga intilmoqda. Uning tayinlanishi, hatto betaraf Shveysariya ham o‘z xavfsizligini mustahkamlash zarurligini ta’kidlaydi, chunki Donald Tramp Yevropa mudofaasi uchun AQSh kafolatlarini qayta ko‘rib chiqish bilan tahdid qilmoqda, deb yozadi Financial Times.
Nashrning qayd etishicha, Shveysariyaning betaraflik siyosatiga o‘zgartirishlar referendum o‘tkazish va konstitusiyaga tuzatishlar kiritishni talab qiladi, biroq hukumatning turli darajalarida bu mavzu bo‘yicha muhokamalar allaqachon faol davom etmoqda.