2025 yil 15 may kuni Shveysariyada XAMAS va unga aloqador tashkilotlar faoliyatini taqiqlovchi qonun kuchga kiradi.
Jahon OAVlari xabar berishicha, yangi huquqiy hujjat mamlakat hududidan guruh a’zolari uchun xavfsiz boshpana sifatida foydalanishning oldini olishga, shuningdek, XAMASga aloqador shaxslarni mamlakatga kirishni taqiqlash va deportasiya qilish tartib-qoidalarini soddalashtirishga qaratilgan.
Qaror parlament tomonidan 2023 yil 7 oktyabrda XAMASning Isroilga hujumiga javoban 2024 yil dekabrida qabul qilingan. Rasmiylarning ta’kidlashicha, qonunchilik huquq-tartibot idoralarini Shveysariya hududida XAMASga har qanday ko‘rinishdagi yordamga qarshi turish uchun “zarur vositalar” bilan ta’minlaydi.
Qonun shuningdek, polisiyaga profilaktika choralarini qo‘llash huquqini beradi - kirishni taqiqlash, deportasiya qilish, kuzatuv. XAMASning Shveysariya moliya tizimidan “terrorizmni moliyalashtirish maqsadida” foydalanish ehtimolini oldini olish uchun unga kirishini bloklashga alohida urg‘u berilgan.