Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Shvesiyada terror tahdidi darajasi keskin kamayibdi

Shvesiyada terror tahdidi darajasi keskin kamayibdi

Shvesiya xavfsizlik polisiyasi SEPO) terrorchilik xavfi darajasini 4 dan 3 ga tushirishga qaror qildi.

Bu haqda SEPO rahbari Sharlotta fon Essen matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Umumiy baholash shuni ko‘rsatadiki, zo‘ravon ekstremistik hujumlar xavfi o‘tmishdagidek yuqori emas. Shvesiyaga tahdid solayotgan va uni islomga qarshi mamlakat sifatida ko‘rsatgan Shvesiyaga qarshi tashviqot bir muncha vaqt to‘xtab qoldi. Tarqalgan tashviqotga munosabat u qadar kuchli emas, Shvesiya endi mamlakat sifatida ajralib turmayapti, balki G‘arbning bir qismi sifatida tushuntirilmoqda"

Shvesiyaga qarshi tahdidlar surati, jumladan zo‘ravon ekstremistik guruhlar tomonidan suiqasd qilish tahdidi bosqichma-bosqich o‘zgarib borayotgan bir paytda terrorchilik tahdidi darajasi “yuqori”dan “quyi” darajaga tushirildi.

2023 yilning yozida Shvesiyada terrorchilik xavfi darajasi beshdan to‘rttaga ko‘tarildi. Bunga sabab terror tashkilotlari, jumladan, "Islomiy davlat" va "Al-Qoida"ning Qur’on yoqib yuborilganidan keyin Shvesiyani "ustivor nishon" sifatida ko‘rsatgan bayonotlari bo‘lgan.

Kiritildi: 14:52 23.05.2025. O'qildi: 296 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!