Bugun 22 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Shvesiyada 672 tonna og‘irlikdagi cherkov yangi joyga ko‘chiriladi

Shvesiyada 672 tonna og‘irlikdagi cherkov yangi joyga ko‘chiriladi

Shvesiyaning Kiruna shahrida 1912 yilda qurilgan cherkov binosi butunlay boshqa joyga ko‘chiriladi. Og‘irligi 672 tonna bo‘lgan ob’ekt ulkan g‘ildirakli platformaga joylashtiriladi va besh kilometr yo‘l bosib o‘tadi, deb xabar beradi BBC.

Mutaxassislarning aytishicha, ko‘chirish ikki kun davom etadi, chunki kortej soatiga maksimal 500 metr tezlikda harakatlanadi.

113 yillik tarixga ega cherkovni boshqa joyga ko‘chirish zarurati bir asrdan ko‘proq vaqtdan beri davom etayotgan temir rudalarini qazib olish natijasida cho‘kish xavfi tufayli yuzaga kelgan.

Binoning balandligi - 35 metr, kengligi - 40 metr. Og‘irligi 672 tonna bo‘lgan cherkov 1950 yilgacha qurilgan Shvesiyadagi eng chiroyli bino sifatida tan olingan.

Qurilganidan beri u Shvesiyaning shimoliy qismining ramzi va asosiy diqqatga sazovor joyiga aylandi. Kiruna shahri Arktika doirasidan 145 kilometr shimolda joylashgan.

Kiritildi: 23:50 20.08.2025. O'qildi: 809 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!