Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Shvesiya parlamenti AQSh bilan mudofaa bo‘yicha kelishuvga ovoz berdi

Shvesiya parlamenti AQSh bilan mudofaa bo‘yicha kelishuvga ovoz berdi

Qaror muxoliflari bu mamlakatda yadro quroli va doimiy AQSh harbiy bazalarining joylashtirilishiga olib kelishi mumkinligidan xavotirda. Oldin imzolangan kelishuv Qo‘shma Shtatlarga Shvesiyadagi o‘n yettita baza va poligonlardan foydalanish imkonini beradi.

Shvesiya parlamenti AQSh bilan mudofaa bo‘yicha kelishuvga ovoz berdi

calendar

08:38

213

Qaror muxoliflari bu mamlakatda yadro quroli va doimiy AQSh harbiy bazalarining joylashtirilishiga olib kelishi mumkinligidan xavotirda. Oldin imzolangan kelishuv Qo‘shma Shtatlarga Shvesiyadagi o‘n yettita baza va poligonlardan foydalanish imkonini beradi.

Foto: Vladimir Jabrikov / URA.RU

Shvesiya parlamenti Vashington bilan mudofaa bo‘yicha bahsli kelishuvga ovoz berdi, deb xabar qilmoqda 18 iyun, seshanba kuni kechqurun qator mahalliy OAV. Besh soat davom etgan bahs-munozaralardan so‘ng kelishuvga 266 deputat ovoz berdi, 37 nafari qarshi chiqdi, qolgan 46 deputat esa majlisda ishtirok etmadi. Qonun loyihasi qabul qilinishi uchun 75 foiz ovoz olish zarur edi.

Qabul qilingan rezolyusiya muxoliflari bu Shvesiyada yadro qurolining joylashtirilishiga va bu mamlakatda AQSh doimiy harbiy bazalari joylashishiga olib kelishi mumkinligidan xavotirda. «Kelishuv Shvesiya tuprog‘ida yadroviy qurolga yo‘l ochadi. Biz yadroviy qurol nishoniga aylanamiz», - dedi muxolifatdagi «yashillar» partiyasi yetakchilaridan biri Daniel Xelden. Partiya Vashington bilan kelishuvga keskin qarshi chiqdi.

AQSh Shvesiyada o‘z qonunlariga amal qilmoqchi

Dekabr oyida Stokholm va Vashington o‘rtasida imzolangan kelishuv Qo‘shma Shtatlarga Shvesiyadagi 17 ta harbiy baza va o‘quv poligonlariga kirish hamda o‘z qurol-yarog‘i, harbiy texnikasi va o‘q-dorilarini mamlakatda saqlash imkonini beradi. Shartnoma kuchga kirishi uchun Shvesiya parlamenti AQSh harbiy xizmatchilari Shvesiya hududida bo‘lganlarida Amerika qonunlariga bo‘ysunishlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritishi kerak.

Shvesiyaning Dagens Nyheter gazetasiga ko‘ra, Norvegiya va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi kelishuvda Norvegiya yadro qurolini saqlash yoki qo‘llash mashqlarini qabul qilmaydi, degan band bor. Biroq Shvesiya-Amerika kelishuvida bunday band yo‘q, deya qayd etadi nashr, ammo Shvesiya zarur deb bilsa, ayrim mudofaa materiallarini saqlashdan bosh tortishi mumkin.

Harbiylar: Rossiyaning Su-24 samolyoti Shvesiya havo hududini buzdi

Rossiya harbiy samolyoti 14 iyun kuni Boltiq dengizidagi Gotland oroli sharqida Shvesiya havo hududini qisqa muddatga buzdi. Shvesiya Qurolli kuchlari bayonotida Su-24 ogohlantirish olgani, biroq unga javob bermagani, shundan so‘ng Shvesiyaning ikkita JAS-39 Gripen qiruvchisi uni tutib olish uchun ovora bo‘lgani, ular hamrohligida Rossiya samolyoti Skandinaviya mamlakatini tark etgani aytiladi.

Gotland Rossiyaning Kaliningrad shahridan 300 kilometrdan kamroq masofada joylashgan bo‘lib, u yerda Rossiya HDFning Boltiq floti shtabi joylashgan. Shvesiya harbiy doktrinasiga ko‘ra, bu orolni kim nazorat qilsa, u Boltiq dengizidagi havo va dengiz harakatini ham nazorat qilishi mumkin.

Shvesiyaning NATOga kirishi

Shvesiya 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga harbiy hujumi fonida Finlandiya bilan bir vaqtda NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza berdi. Biroq, Finlandiya allaqachon Shimoliy Atlantika mudofaa ittifoqining a’zosi bo‘lsa, Turkiya va Vengriya Shvesiyaning NATOga kirishini uzoq vaqtdan beri to‘sib qo‘ygan. Anqara Stokholmni migrasiya siyosatida haddan tashqari yumshoqlikda hamda Turkiya va boshqa mamlakatlarda taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) a’zolarini himoya qilishda aybladi. Budapesht Shvesiyani Vengriyadagi huquqiy tizimning cheklovlarini tanqid qilgani munosabati bilan «tuhmat»da aybladi.

AQSh Turkiyaga uzoq vaqtdan beri kechiktirilgan F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berishni boshlaganidan keyingina Anqara o‘z pozisiyasini yumshatdi. Shvesiya bosh vaziri Ulf Kristersson Budapeshtga tashrif buyurib, bu davlat bilan harbiy hamkorlikni kengaytirishga kelishib olganidan keyin Vengriya qarshiligi yengib o‘tildi. Yanvar oyi oxirida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Shvesiyaning alyansga kirishini tasdiqlovchi protokolni tasdiqlagan edi. Fevral oyi oxirida Budapesht parlamenti Stokholm arizasini ratifikasiya qildi. 2024 yil 7 martda Shvesiya NATOga rasman a’zo bo‘ldi.

Kiritildi: 09:05 19.06.2024. O'qildi: 1192 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!