Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Shvesiya migrantlarga 32 ming yevro to‘lamoqchi

Shvesiya migrantlarga 32 ming yevro to‘lamoqchi

Shvesiya bosh vaziri Ulf Kristersson migrantlarning vatanga qaytishi uchun oladigan yordam puli miqdorini 900 yevrodan 32 ming yevrogacha oshirishni rejalashtirayotganini aytdi.

«Migrasiya ustidan nazoratni o‘rnatish mutlaqo zarur», dedi Kristersson.

Shvesiya bosh vazirining aytishicha, mamlakatni tark etish uchun moliyaviy rag‘batni oshirish ba’zi muammolarini hal qilishga yordam beradi. Nashrning eslatishicha, hozir yordam puli kattalar uchun 900 yevroni tashkil qiladi.

Kristersson hozirgi moliyaviy rag‘batlantirish kutilgan natijalarni bermaganini aytdi. 2023 yilda 70 ta arizadan faqat bittasi ma’qullangan xolos. Shuning uchun Shvesiya hukumati 2026 yil 1 yanvardan boshlab moliyaviy rag‘batlantirishni 3400 foizga oshirmoqchi.

«Biz asosan Daniya modelidan nusxa ko‘chirmoqdamiz va o‘z vataniga qaytishni afzal ko‘radigan va turli sabablarga ko‘ra Shvesiyada to‘liq hayot qurishga qodir emasligini his qiladiganlar uchun yordam miqdorini sezilarli darajada oshirmoqdamiz», dedi Kristersson.

Shvesiya bosh vazirining ta’kidlashicha, bu usul mamlakatning barcha aholisiga yoqmasligi mumkin.

Kiritildi: 09:20 04.05.2025. O'qildi: 662 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!