Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Sho‘r suvda yuradigan avtomobil yaratildi

A A A
Sho‘r suvda yuradigan avtomobil yaratildi

Evropa kompaniyasi NanoFlowcell dunyoda birinchi marta sho‘r suvda yuradigan elektr avtomobilini ishlab chiqardi. Bu haqda Ekologuz kanali xabar berdi.

Ayni paytda Quant e-Sportlimousine avtomobiliga Germaniya yo‘llarida harakatlanishga rasmiy ruxsat berilgan.

Avtomobil Quant e-Sportlimousine 2.8 soniyada 100 km. tezlikka chiqishi mumkin. Bir marta baki to‘ldirilgan avtomobil 600 km. yo‘l bosishga qodir. Albatta, avtomobil dengiz yoki okeanning sho‘r suvida yurmaydi. Avtomobilning maxsus reaktorida ikki turdagi tuz eritmalari tayyorlanib, ular elektrolit sifatida yonilg‘i elementlari vazifasini o‘taydi.

Avtomobil ekologik jihatdan toza. Uning tarkibida na qimmatbaho metallar, na noyob elementlar bor. Metal tuzlar va kristall strukturalarni atrof-muhitga xavfsiz tarzda utilizasiya qilish mumkin.

Kiritildi: 19:32 07.02.2020. O'qildi: 6297 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!