Bugun 25 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Shuhrat Abdurahmonovning "sirli tashrifi" borasida rasmiy munosabat bildirildi

Shuhrat Abdurahmonovning "sirli tashrifi" borasida rasmiy munosabat bildirildi

Oldinroq «Shuhrat Abdurahmonovning sirli tashrifidan so‘ng andijonlik jurnalistlar Prezidentga murojaat qilishdi” sarlavhasi ostida xabar chop etgandik. Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati ushbu holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

"Hozirda Prezident maktablari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, 2021 yilda Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo Toshkent va Andijon viloyatlarida Prezident maktablari qurilishi rejalashtirilgan.

Ushbu maktab A. Navoiy Shox ko‘chasida joylashgan Andijon shahar hokimligi va tahririyat binolarining o‘rnida bunyod etilishi rejalashtirilgan.

Biroq tahririyat xodimlarining xavotiriga o‘rin yo‘q. Tahririyat uchun Andijon shahri markazida barcha qulaylik va sharoitlarga ega, zamonaviy bino qurib bitkazilib, tahririyat ko‘chirib o‘tkazilgandan so‘ng qurilish ishlari amalga oshiriladi", deyiladi bayonotda.

Kiritildi: 16:56 26.01.2021. O'qildi: 5424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!