Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Shubha: nega Nodira tanasida DNK va jinsiy aloqa izlari tekshirilmagan?

Shubha: nega Nodira tanasida DNK va jinsiy aloqa izlari tekshirilmagan?

Bir necha kun oldin Turkiya deputatining uyida o‘zini o‘zi o‘ldirgan o‘zbekistonlik Nodira Qodirovaning o‘limida gumonlar ortmoqda, deb xabar qildi Deutche Welle nashri.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Nodiraning o‘limida bir necha shubhali holatlar mavjud. Birinchidan uning akasi Muhammad Qodirov voqea joyiga yetib kelgannida nega uni ichkariga kiritishmagan va kasalxonada ham ko‘rishga ruxsat berishmagan?

Ikkinchidan, shuningdek, Nodiraning o‘limini surishtirish uchun o‘z ixtiyori bilann ish boshlagan ko‘ngilli advokat Myuyde Tozbey ushbu ishda tergov amaliyotiga zid ravishda ko‘plab xatoga yo‘l qo‘yilganini aytmoqda:

  • Nega Nodiraning atrofida bo‘lgan kishilarning barmoq izlari olinmagan?
  • Nega Nodiraning tanasida bo‘lgan qo‘l izlari va boshqa izlardan namuna olinmagan?   
  • Nega Nodira tanasida DNK va jinsiy aloqa izlari tekshirilmagan?  
  • Nega uning xonasidan, DNK, soch va qo‘l izlari, shubhali predmetlar olinmagan?
  • Nodira vafot etgan holatining texnik jihatlari: otish burchagi, masofalari o‘rganilmagan;
  • Nodira o‘limidan keyin olingan suratda nega qurol jurnal ichida, buning sababi aniqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu ishda Turkiya polisiyasi jurnalistlarga hech qanday qo‘shimcha ma’lumot bermagan. Deputat Shirin Unal ham Bosh prokurorga bergan ko‘rsatmasidan boshqa ma’lumot xabar qilmagan.

Nashr xabariga ko‘ra, ayni damda Nodira Qodirovaning jasadi O‘zbekistonga olib kelingan va sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilmasdan dafn etilgan. Uning qarindoshlari jurnalistlar bilan aloqa qilishdan voz kechishmoqda.

 

Kiritildi: 14:55 07.10.2019. O'qildi: 8983 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!